23:31 / 27.08.2017
5 771

Gamburg-2017: Hasanboy Do‘smatov kosta-rikalik raqibining dodini berdi

Gamburg-2017: Hasanboy Do‘smatov kosta-rikalik raqibining dodini berdi
Germaniyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari davom etmoqda.

Ayni damda kechki dasturdan o‘rin olgan janglar bo‘lib o‘tmoqda. Hozirgina ringga chiqqan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov ilk to‘qnashuvni kosta-rikalik Robinson Rodrigesga qarshi olib bordi.

Mazkur bellashuvda o‘zining tezkor va aniq zarbalari evasiga Hasanboy Do‘smatov kosta-rikalik raqibini hakamlar xulosasiga ko‘ra 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Endi hamyurtimiz 29 avgust kuni hindistonlik Amit bilan kuch sinashadi.

Vakillarimiz ishtirokidagi so‘nggi jang 23:15da start oladi. Ushbu qarama-qarshilikda Isroil Madrimov (75 kg) turkmanistonlik Aziz Achilovga qarshi ringga chiqadi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gamburg-2017: Hasanboy Do‘smatov kosta-rikalik raqibining dodini berdi