Gamburg 2017: Elnur va Shahram musobaqani g‘alaba bilan boshladi!

  • 28 avgust 2017, 22:42
  • 3 625
  • Sport
  • Gamburg 2017: Elnur va Shahram musobaqani g‘alaba bilan boshladi!
    Avval xabar berib o‘tganimizdek, Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini 10 nafar bokschi himoya qilmoqda.

    Bugun, 28 avgust kuni Elnur Abduraimov va Shahram G‘iyosovlar musobaqadagi ishtiroklarini boshlashdi.

    Elnur Abduraimov armanistonlik Karen Tonakanyaga qarshi ringga ko‘tarilib, hakamlar qaroriga ko‘ra, jang g‘olibi deb topildi. Endi Abduraimov chorak finalda Hindiston vakiliga qarshi ringga ko‘tariladi.

    69 kg.gacha bo‘lgan vazndagi yana bir o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov ukrainalik raqibi Yevgeniy Barabanovga qarshi ringga chiqdi. Jangda Shahram 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Uning raqibi hozircha noaniq...

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq -52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan bokschimiz Jasurbek Latipov ilk jangini o‘tkazib, puerto-rikolik Yankiyel Rivera Figureroani 5:0 hisobida mag‘lub etgandi.

    Latipov navbatdagi bosqichda bolgariyalik Daniel Asenovga qarshi jang o‘tkazadi.

    -56 kg vazn toifasida Murodjon Ahmadaliyev ilk jangida qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyev to‘qnash keldi. Jang yakunlariga ko‘ra Murodjon 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va JChdagi ishtirokini tugatdi.

    -64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov kolumbiyalik Jon Guterresga qarshi jang o‘tkazdi. Xoldorov jangda yaqqol yetakchi sifatida ishtirok etdi va 5:0 hisobida g‘alabani rasmiylashtirdi.

    -49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov ham Gamburgdagi JChda ilk jangini o‘tkazdi.

    Kosta-rikalik raqibi Robinson Rodrigesga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hasanboy endi chorak finaldagi jangini hindistonlik Amitga qarshi o‘tkazadi.

    -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov turkmanistonlik Aziz Achilov bilan ringga ko‘tarildi. Isroil raqibini uch marotaba nokdaun holatiga tushirdi. Yakunda hakamlar jangni to‘xtatishdi va Achilovning nokautga uchraganini qayd etishdi.

    Shuningdek, -91 kg vazn toifasida Sanjar Tursunov musobaqadagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. Jahon chempionatida to‘rtinchi raqam ostida saralangan argentinalik Yara Peraltaga qarshi jang o‘tkazgan Tursunov 4:1 hisobida g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi. Sanjar navbatdagi jangini gollandiyalik Roy Korvingga qarshi o‘tkazadi.

    Manba: Qalampir.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Gamburg 2017: Elnur va Shahram musobaqani g‘alaba bilan boshladi!