15:35 / 29.08.2017
5 751

Boks, JCh–2017: Bugun chorak final, bu bosqichda eng ko‘p vakil O‘zbekistondan

Boks, JCh–2017: Bugun chorak final, bu bosqichda eng ko‘p vakil O‘zbekistondan
Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati chorak final o‘yinlari bugun bo‘lib o‘tadi. 10 ta vazn toifasida bo‘ladigan musobaqalarda 80 nafar ishtirokchi yarim finalga chiqish uchun ringga ko‘tarilishadi.

Hozircha musboqani davom ettiriyotgan bokschilar ichida O‘zbekiston vakillari eng ko‘p bo‘lib turibdi — 9 kishi.

Kubadan 8 nafar, Qozog‘istondan 7 nafar, mezbon Germaniyadan 6 nafar bokschi chorak finalga yo‘l olishgan.

Kolumbiyada 5, AQSh, Angliya, Rossiya va Mo‘g‘ulistondan kelgan bokschilar — 4 nafardan, Hindiston sharafini 3 nafar bokschi himoya qilmoqda.

Avstraliya, Venesuela, Dominikan Respublikasi, Ozarboyjon, Ukraina, Fransiya kabi davlatlar vakillari 2 nafardan qolishgan.

Armaniston, Belarus, Gurjiston, Janubiy Koreya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kamerun, Misr, Niderlandiya, Tojikiston, Tunis, Xitoy, Ekvador va Yangi Zelandiya yagona bokschi bilan kurashni davom ettirishmoqda.

Bugun chorak final janglarida qatnashadigan to‘qqiz nafar bokschimiz Toshkent vaqti bilan quyidagi soatlarda ringga ko‘tarilishadi:

49 kg. Chorak final. 29 avgust, 18:15

Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Amit (Hindiston)

64 kg. Chorak final. 29 avgust, 19:15
Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Artyom Harityunyan (Germaniya)

75 kg. Chorak final. 29 avgust, 19:45
Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Troy Isli (AQSh)

91 kg. Chorak final. 29 avgust, 20:15
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya)

52 kg. Chorak final. 29 avgust. 22:15
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)

60 kg. Chorak final. 29 avgust. 22:45
Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)

69 kg. Chorak final. 29 avgust. 23:00
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)

81 kg. Chorak final. 29 avgust. 23:30
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog‘iston)

91+ kg. Chorak final. 29 avgust. 23:55
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamchibek Qo‘nqaboyev (Qozog‘iston)

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks, JCh–2017: Bugun chorak final, bu bosqichda eng ko‘p vakil O‘zbekistondan