23:25 / 29.08.2017
5 190

Gamburg-2017: Iqboljon Xoldorov hakamni ham, raqibni ham mag‘lub etdi

Gamburg-2017: Iqboljon Xoldorov hakamni ham, raqibni ham mag‘lub etdi
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbke bokschilari zafarli yurishlarini davom ettirmoqda. Biroz avval Hasanboy Do‘smatov bokschilarimiz orasida birinchi bo‘lib yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Vakillarimiz ishtirokidagi ikkinchi qarama-qarshilikda umidli bokschilarimizdan biri Iqboljon Xoldorov (64 kg) chorak finalda anchayin tajribali va kuchli bo‘lgan mezbonlar vakili Artem Xarutyunyan bilan kuch sinashdi.

Mazkur jangda mahorat bobida ustun bo‘lgan hamyurtimiz ochkolar hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. E’tiborga molik jihati, uch raund davom etgan ushbu jangda referi ikki bor Iqboljon Holdorovni nohaq ogohlantirdi va uning to‘plagan ochkosidan olib tashlandi. Ammo yakunda o‘zbek o‘g‘loni g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gamburg-2017: Iqboljon Xoldorov hakamni ham, raqibni ham mag‘lub etdi