23:32 / 29.08.2017
5 291

Gamburg-2017: Jasurbek Latipovdan ajoyib g‘alaba va yarim final!

Gamburg-2017: Jasurbek Latipovdan ajoyib g‘alaba va yarim final!
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bellashuvlari davom etmoqda.

Hozirgina 52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Latipov o‘zining musobaqadagi uchinchi jangini kolumbiyalik Seyber Avilaga qarshi o‘tkazdi.

Mazkur to‘qnashuvda tajribali bokschimiz o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan kolumbiyalik bokschiga muammolar tug‘dirdi va hakamlar xulosasiga ko‘ra 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gamburg-2017: Jasurbek Latipovdan ajoyib g‘alaba va yarim final!