01:51 / 30.08.2017
4 084

David Vilya: “Asensio Ispaniya termasi asosiy tarkibida to‘p tepishga loyiq”

David Vilya: “Asensio Ispaniya termasi asosiy tarkibida to‘p tepishga loyiq”
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi David Vilya “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio haqida to‘xtaldi.

“Asensoning o‘yinlarini yoqtirish uchun uning maydondagi harakatlarini biroz kuzatishing o‘zi yetarli. U Ispaniya termasi asosiy tarkibiga kirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishdan ham ko‘proq mahoratini namoyish etmoqda.

So‘nggi yillarda terma jamoaning ishlari u darajada yurishmadi. Ammo bugungi kunda tarkibga ajoyib futbolchilar yig‘ilgan. O‘ylaymanki, bizda yaqin kelajakda yana buyuk jamoa paydo bo‘ladi”, deydi Vilya.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » David Vilya: “Asensio Ispaniya termasi asosiy tarkibida to‘p tepishga loyiq”