18:19 / 31.08.2017
4 533

Eron terma jamoasi 17 soatdan beri gol o‘tkazmayapti

Eron terma jamoasi 17 soatdan beri gol o‘tkazmayapti
Guruhimizdan o‘rin olgan Eron terma jamoasi bu turda Janubiy Koreya mehmoni bo‘lmoqda.

Xabaringiz bor, eronliklar anchadan beri o‘z darvozalari dahlsizligini saqlab kelmoqdalar. Jahon chempionatining tvitterdagi rasmiy akkaunti xabar qilishicha, Eron 1063 daqiqadan beri jahon chempionatlari saralash bosqichida gol o‘tkazmayapti.

Forslar darvozasini so‘nggi marotaba 2015 yilning noyabr oyida Turkmaniston terma jamoasi futbolchilari ishg‘ol qilgandilar.

Manba: Championat.asia

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron terma jamoasi 17 soatdan beri gol o‘tkazmayapti