00:02 / 01.09.2017
5 482

Gamgurg-2017: Futbolchilar, bokschilardan o‘rganing – Iqboljon Xoldorov ham finalda

Gamgurg-2017: Futbolchilar, bokschilardan o‘rganing – Iqboljon Xoldorov ham finalda
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbek bokschilarining 6 nafari yarim finalga yetib kelgan edi.

Vakillarimiz ishtirokidagi ikkinchi qarama-qarshilikda umidli bokschilarimizdan biri Iqboljon Xoldorov (64 kg) yarim final jangida AQSh vakili Freudis Roxas bilan kuch sinashdi.

Murosasiz va qiziqarli o‘tgan bellashuvda Iqboljon raqibiga o‘zining chaqqon harakatlari bilan bir qancha og‘ir zarbalarni "taqdim etdi" va hakamlar xulosasiga ko‘ra 4:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Endi ushbu jang g‘olibi hal qiluvchi bahsda armanistonlik Hovhannes Bachkov va kubalik Endi Kruz Gomes juftligi g‘olibini sinovdan o‘tkazadi. Jang ertaga bo‘lib o‘tadi.

Manba: Qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gamgurg-2017: Futbolchilar, bokschilardan o‘rganing – Iqboljon Xoldorov ham finalda