07:08 / 01.09.2017
4 724

Gamburg-2017: Sanjar Tursunov JCh bronza medali sovrindori

Gamburg-2017: Sanjar Tursunov JCh bronza medali sovrindori
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbek bokschilari ishtirokidagi yarim final janglari davom etmoqda.

81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sanjar Tursunov musobaqadagi to‘rtinchi jangini Rio-2016 g‘olibi rossiyalik Yevgeniy Tishchenkoga qarshi olib bordi.

Mazkur jangda Sanjar nomdor raqibiga muammolar tug‘dira oldi va bir qancha ajoyib zarbalarni yo‘lladi. Biroq hakamlar hamyurtimizning 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatini qayd etdi.

Shu tariqa, yosh sportchimiz o‘zi uchun debyut JChdayoq bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: sports.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gamburg-2017: Sanjar Tursunov JCh bronza medali sovrindori