22:32 / 01.09.2017
5 948

Boks, JCh–2017: Shahram G‘iyosov ham finalda! Qozoq bokschisi katta ustunlik bilan mag‘lub etildi

Boks, JCh–2017: Shahram G‘iyosov ham finalda! Qozoq bokschisi katta ustunlik bilan mag‘lub etildi
Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarimfinal uchrashuvlari ikkinchi kuni boshlandi.

52 kg.gacha bo‘lgan yarimfinal janglarida hamyurtimiz Jasurbek Latipov janubiy koreyalik Kim In-Kyuga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l olganini xabar bergan edik.

69 kg.ga bo‘lgan vazn toifasida yarimfinal uchrashuvida Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik Ablayxan Jussupovga qarshi ringga chiqdi. Shahramning to‘liq ustunligi ostida o‘tgan jangda u 4:1 hisobida g‘alaba qozondi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Shahram ikkinchi yarimfinal juftligi — Abbas Barau (Germaniya) - Roinel Iglesias (Kuba) g‘olibi bilan ertaga final jangida ringga ko‘tariladi.

Bugun bizni Bektemir Meliqo‘ziyev ishtirokida yana bir jang kutib turibdi:

81 kg. Yarimfinal. 1 sentyabr. 22:45


Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Joi Uord (Irlandiya)

Narigi juftlik:

Xulio Sezar La Kruz (Kuba) - Karlos Andres Mina (Ekvador)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks, JCh–2017: Shahram G‘iyosov ham finalda! Qozoq bokschisi katta ustunlik bilan mag‘lub etildi