06:57 / 02.09.2017
5 545

O‘zbekiston boks terma jamoasi barcha davrlardagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

O‘zbekiston boks terma jamoasi barcha davrlardagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston termasi Germaniyaning Hamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida musobaqaning barcha davrlaridagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi shu paytgacha ishtirok etgan 12 ta jahon chempionati finalida hech qachon to‘rt nafar vakili bilan ishtirok etmagandi. Shu kungacha terma jamoamizning eng yaxshi natijalari 1999 yili AQShning Hyuston va 2015 yilda Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatlarida qayd etilgan. Bu turnirlarda O‘zbekiston terma jamoasi finalda 3 nafardan vakil bilan ishtirok etgandi.

Hyustondagi natijalar hozircha medallar sifati bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. O‘shanda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin ( Muhammadqodir Abdullayev, O‘tkirbek Haydarov) va 1 ta kumush medal bilan taqdirlangandi. 2015 yilgi finallarda esa barcha bokschilarimiz finalda imkoniyatni boy berishgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilgi JCh finalida O‘zbekiston sharafini finalda Hasanboy Do‘smatov (46-49 kg), Jasurbek Latipov (-52 kg), Iqboljon Xoldorov (-64kg) va Shahram G‘iyosov (-69 kg) himoya qiladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston boks terma jamoasi barcha davrlardagi eng yaxshi natijasini qayd etdi