22:18 / 02.09.2017
5 938

Boks, JCh–2017: Yana hakamlarning bahsli qarorlari: Hasanboy Do‘smatov finalda yutqazdi

Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvlari boshlandi.

Ma’lumki, vakillarimizdan to‘rt nafar bokschi finalga yo‘l olgan va ularning hammasi kubalik bokschilarga qarshi jang o‘tkazishmoqda.

46–49 kg vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasidagi dastlabki jangda Hasanboy Do‘smatov kubalik Joanis Argilagosga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Boks, JCh–2017: Yana hakamlarning bahsli qarorlari: Hasanboy Do‘smatov finalda yutqazdi


Bizni endi oldinda vakillarimiz ishtirokidagi uchta jang kutib turibdi:

52 kg. Final. 21:20:

Jasurbek LATIPOV (O‘zbekiston) - Yosbani VEITIA (Kuba)

56 kg. Final. 21:40:

Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) - Dyuk Ragan (AQSh)

60 kg. Final. 22:00:

Lazaro Alvares Estrada (Kuba) - Sofian UMIHA (Fransiya)

64 kg. Final. 22:20:

Iqboljon XOLDOROV (O‘zbekiston) - Andi KRUZ GOMES (Kuba)

69 kg. Final. 22:40:

Shahram G‘IYoSOV (O‘zbekiston) - Roniel IGLESIAS GOMES (Kuba)

75 kg. Final. 23:00:

Abilxan Amankul (Qozog‘iston) - Oleksandr Xijnyak (Ukraina)

81 kg. Final. 23:20:

Xulio La Kruz (Kuba) - Jozef Uard (Irlandiya)

91 kg. Final. 23:40:

Yevgeniy Tishchenko (Rossiya) - Erislandi Savon (Kuba)

91+ kg. Final. 00:00:

Qamchibek QO‘NQABAYeV (Qozog‘iston) - Mahammadrasul Majidov (Ozarboyjon)

Final janglarida eng ko‘p vakil Kubadan ishtirok etmoqda — 7 bokschi. So‘ngra O‘zbekiston vakillari — 4 bokschi. Qozog‘iston vakillaridan 3 kishi finalga chiqqan. AQSh, Fransiya, Ukraina, Irlandiya, Rossiya va Ozarboyjondan bir nafardan vakil oltin medal uchun kurashadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks, JCh–2017: Yana hakamlarning bahsli qarorlari: Hasanboy Do‘smatov finalda yutqazdi