11:14 / 03.09.2017
4 729

JCh–2018 saralashi. O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvining media tadbirlari

JCh–2018 saralashi. O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvining media tadbirlari
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi so‘nggi – 10-turida Janubiy Koreya termasini Toshkentda qabul qiladi.

5 sentyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv “Bunyodkor” stadionida, soat 20:00 da start oladi. Quyida OAV xodimlari uchun O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tadigan media tadbirlar haqida ma’lumot keltirilgan.

4 sentyabr, dushanba. “Bunyodkor” stadioni


17:30. O‘zbekiston terma jamoasining o‘yin oldi matbuot anjumani.

18:30. Janubiy Koreya terma jamoasining o‘yin oldi matbuot anjumani.

Matbuot anjumanidan keyin akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlarga media tribunaga chipta beriladi.

18:00 – 19:00. O‘zbekiston terma jamoasining rasmiy mashg‘uloti.

19:00 – 20:00.Janubiy Koreya terma jamoasining rasmiy mashg‘uloti.

5 sentyabr, seshanba. “Bunyodkor” stadioni

18:00 – 19:00. “Bunyodkor” stadioni hududiga kirish.

19:00 – 19:30. Jamoalar tarkibi – “start list” tarqatiladi. Media markaz (jiletkalarni tarqatish, jurnalistlarni belgilangan hududda yurishini taminlash, foto muxbirlarni maydonga kuzatib qo‘yish va boshqalar).

20:00 – 22:00. O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi.

22:10 – 22:30. Janubiy Koreya terma jamoasining o‘yindan keyingi matbuot anjumani.

22:30 – 22:50. O‘zbekiston terma jamoasining o‘yindan keyingi matbuot anjumani.


Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh–2018 saralashi. O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvining media tadbirlari