11:31 / 04.09.2017
4 886

JCh-2018’ning 6-ishtirokchisi nomi ma’lum bo‘ldi

JCh-2018’ning 6-ishtirokchisi nomi ma’lum bo‘ldi
Futbol bo‘yicha Belgiya terma jamoasi JCh-2018 uchun Yevropa saralash bosqichining H guruhi 8-turida mehmonda Gretsiyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bellashuvning 70-daqiqasida Yan Vertongen belgiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, oradan uch daqiqa o‘tib Zeka hisobni tenglashtirdi, biroq Romelu Lukaku darhol g‘alaba to‘pini kiritdi.

Belgiya terma jamoasi o‘z ta’qibchilaridan o‘zib ketdi va Rossiyadagi JChga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, mundialning oltinchi qatnashchisi nomi ma’lum bo‘ldi. Mezbon terma jamoadan tashqari, jahon chempionatiga Braziliya, Eron, Yaponiya va Meksika termalari ham yo‘l olishdi.

Ushbu guruhning boshqa bir uchrashuvida Bosniya va Gersegovina mehmonda Gibraltar termasini 4:0 hisobida tor-mor keltirdi.

H guruhi turnir jadvali: 1. Belgiya — 22 ochko; 2. Bosniya va Gersegovina — 14; 3. Gretsiya — 13; 4. Kipr — 10; 5. Estoniya — 8; 6. Gibraltar — 0.

JCh-2018 saralashi
Yevropa, 8-tur

Gretsiya – Belgiya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar
: 0:1 – 70 Vertongen, 1:1 – 73 Zeka, 1:2 – 74 Lukaku.
Gretsiya – Karnezis, Papastatopulos, Manolas, Savelas, Stafilidis(Likoyannis, 69), Zeka, Manyatis (Bakasetas, 85), Samaris, Siolis, Fortunis(Vellios, 89), Donis.
Belgiya – Kurtua, Vermalen, Vertongen, Mene, Alderveyreld, Fellayni(Dendonker, 89), Ferreyra Karrasko (Shadli, 79), Dembele (Azar, 74), de Bryuyne, Mertens, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Mene (49), Dembele (50), Samaris (55), Ferreyra Karrasko (76), de Bryuyne(90).

Gibraltar – Bosniya va Gersegovina 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar
: 0:1 – 35 Jeko, 0:2 – 65 Kodro, 0:3 – 83 Lulich, 0:4 – 85 Jeko.
Gibraltar – Ibraim, Olivero, Chipolina, Chipolina, Pons (Pyuzi, 67), Grin(Duarte, 80), Uoker, Bardon, Garsiya, Ernandes, Kassiaro (Kumbz, 86).
Bosniya va Gersegovina – Begovich, Sotsalich (Dumich, 85), Kolashinats, Vranesh, Zukanovich, Vishcha, Yayalo, Xadjich (Milichevich, 67), Lulich, Kodro(Bayich, 79), Jeko.
Ogohlantirish: Zukanovich (28).

Estoniya – Kipr 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 90 Kyayt.
Estoniya – Aksalu, Pikk, Baranov, Mets, Teniste, Yaager, Antonov, Kyayt, Aner (Vasilev, 82), Zenev (Miller, 78), Pure (Tamm, 87).
Kipr – Panagi, Katelaris, Demetriu, Layfis, Kiryaku, Margasa, Laban, Artimatas, Avraam (Kastanos, 66), Soteriu, Xristofi (Xaralambidis, 87).
Ogohlantirishlar: Demetriu (12), Aner (77).

Manba: kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018’ning 6-ishtirokchisi nomi ma’lum bo‘ldi