16:00 / 05.09.2017
5 397

O‘zbekiston–Janubiy Koreya: uchrashuvlar, yo‘qotishlar va guruhdagi vaziyat...

O‘zbekiston–Janubiy Koreya: uchrashuvlar, yo‘qotishlar va guruhdagi vaziyat...
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi so‘ngi, 10-turida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi bahs olib boradi.

JCh yo‘llanmasi hal bo‘ladigan mazkur uchrashuv oldidan O‘FF Matbuot xizmati jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar statistikasi, yo‘qotishlar va uchrashuv rasmiylari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

O‘zaro uchrashuvlar
Jamoalar bugungi kunga qadar 14 uchrashuvda to‘qnash kelishgan. O‘zbekiston termasi atigi 1 marta, 1994 yilgi Osiyo o‘yinlari yarim finalida koreyaliklarni mag‘lubiyatga (1:0) uchratishga muvaffaq bo‘lgandi. O‘shanda jamoalar birinchi bor bir-birlariga ro‘baro kelishgandi.

Janubiy Koreya termasi 14 uchrashuvdan 10 tasida zafar quchgan bo‘lsa, 3 o‘yinda durang qayd etilgan. Quyida jamoalar o‘rtasidagi oxirgi 5 o‘yinda qayd etilgan natijalar bilan tanishing.

11.09.2012 O‘zbekiston–Janubiy Koreya 2:2 | JCh–2014 saralashi

11.06.2013 Janubiy Koreya–O‘zbekiston 1:0 | JCh–2014 saralashi

22.01.2015 Janubiy Koreya–O‘zbekiston 2:0 | Osiyo Kubogi–2015, chorak final

27.03.2015 Janubiy Koreya–O‘zbekiston 1:1 | O‘rtoqlik o‘yini

15.11.2016 Janubiy Koreya–O‘zbekiston 2:1 | JCh–2018 saralashi

Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi bahsda Janubiy Koreya JCh–2018 saralashi doirasida o‘z maydonida O‘zbekistonni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgadi.

Yo‘qotishlar
O‘zbekiston terma jamoasi safida sariq kartochkalari to‘planib qolganligi bois Marat Bikmayev maydonga tusholmaydi.

Janubiy Koreya termasi safida esa katta ehtimol bilan “Suonsi” yarim himoyachisi Ki Son Yon maydonga tusha olmaydi. 28 yoshli futbolchi jarohatidan butunlay tiklanib ulgurmagan.

Uchrashuv rasmiylari
Singapurlik Muhammad Taqi al-Jaafari bin Jahari uchrashuv bosh hakami bo‘lib ishlaydi.

Guruhdagi vaziyat
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 9-turidan keyin JChga yo‘llanma olgan Eron hisobida 21 ochko mavjud. Ikkinchi pog‘onada borayotgan Janubiy Koreya hisobida 14 ochko bor. Suriya 12 ochko va +1 ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘ridan joy oldi. O‘zbekiston termasi 12 ochko va -1 to‘plar nisbati bilan 4-o‘rinda bormoqda. Guruhda 5–6 o‘rinlarni mos ravishda Xitoy (9 ochko) va Qatar (7 ochko) egallagan.

Yuqorida ta’kidlanganidek, saralash bosqichining so‘nggi turida O‘zbekiston termasi o‘z maydonida Janubiy Koreyani qabul qiladi. Qatar o‘z uyida Xitoyga qarshi bahs olib borsa, Suriya Tehronda Eron bilan kuch sinashadi. Barcha o‘yinlar bir vaqtda boshlanishi haqida avvalroq xabar bergandik.

Ma’lumot o‘rnila, O‘zbekiston–Janubiy Koreya uchrashuvi bugun, 5 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da boshlanadi.

JCh–2018 saralashi
“A” guruhi, 10-tur


20:00 O‘zbekiston–Janubiy Koreya

20:00 Qatar–Xitoy

20:00 Eron–Suriya

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston–Janubiy Koreya: uchrashuvlar, yo‘qotishlar va guruhdagi vaziyat...