5 280
Putin Mirziyoyevni O‘zbekiston JChga chiqqani bilan qutlamoqchi edi, ammo Janubiy Koreya rahbarini... tabrikladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan Samarqandga tashrif buyurib, O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston milliy terma jamoasi kelgusi yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga o‘z tarixida ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri JChga chiqqani bilan tabriklashni niyat qilib qo‘ygan edi.
Ammo kecha Samvel Babayanning taktikasi asosida qurilgan "Bunyodkor" stadionidagi nursiz o‘yin bu umidlarni puchga chiqardi va Rossiya rahbari bugun Vladivostok shahrida Janubiy Koreya prezidenti Chje Inni ushbu mamlakat terma jamoasi Rossiyadagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgani bilan qutladi.
Uning aytishicha, Rossiya janubiy koreyalik futbolchilarni 2018 yildagi mundialda kutib qoladi.
«Men koreyalik do‘stlarimizni Janubiy Koreya terma jamoasi 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgani bilan qutlamoqchiman, sizlarning termangizni kutib qolamiz", - dedi Putin.
Manba: 1news.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi