10:10 / 09.09.2017
5 249

Mbappe, Kavani va Neymarning gollari «PSJ»ga yirik g‘alabani taqdim etdi

Mbappe, Kavani va Neymarning gollari «PSJ»ga yirik g‘alabani taqdim etdi
Fransiya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan «Mets» - «PSJ» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda 1:5 hisobi qayd etilib mehmonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Edinson Kavani Neymarning to‘p uzatishidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan olti daqiqa o‘tib Emmanuel River muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi, Benua Assu-Ekotto hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi va maydondan chetlatildi. Parijliklar bundan ustalik bilan foydalandilar, dastlab Kilian Mbappe yangi klubidagi ilk golini nishonlagan bo‘lsa, keyinroq Neymar o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

75-daqiqada Kavani Mbappening to‘p uzatishidan so‘ng o‘zining dublini nishonlagan bo‘lsa, asosiy vaqt tugashiga oz fursat qolganda Lukas Moura jamoasining beshinchi to‘pini kiritdi.

Fransiya chempionati
5-tur

Mets – PSJ 1:5 (1:1, 0:4)
Gollar:
0:1 – 31 Kavani, 1:1 – 37 River, 1:2 – 59 Mbappe, 1:3 – 69 Neymar, 1:4 – 75 Kavani, 1:5 – 87 Lukas Moura.

Mets – Kavasima, Bishevats, Assu-Ekotto, Baliu, Nyaxate, Kafu (Yudol, 61), Filipps, Dossevi, Koad, River (Ngette, 55), Ru (Fernandes, 76).

PSJ – Areolya, Markinos, Berchiche, Mene, Kimpembe, Draksler, Rabo (Nkunku, 84), Motta (Lo Chelso, 78), Neymar, Mbappe, Kavani (Lukas Moura, 78).

Ogohlantirish: Draksler (41).

Chetlatish: Assu-Ekotto (56).


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe, Kavani va Neymarning gollari «PSJ»ga yirik g‘alabani taqdim etdi