00:20 / 10.09.2017
7 609

Jahon chempioni Nursulton Ro‘ziboyev yoxud WEF Global 9 turnirida o‘zbek sportchilarining natijalari bilan tanishing

Jahon chempioni Nursulton Ro‘ziboyev yoxud WEF Global 9 turnirida o‘zbek sportchilarining natijalari bilan tanishing
Xabaringiz bor, kecha Bishkek shahrida WEF Global 9 turniri doirasida 18 ta jang o‘tkazildi.

Mazkur qarama-qarshiliklarda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Koreyadan tashrif buyurgan jangchilar o‘zaro bellashishdi.

Bunda sportchilar reyting janglari bilan birgalik chempionlik taqnashuvlari ham o‘tkazildi.

Chempionlik janglaridan birida eng yengil vazn toifasida qirg‘izistonlik Airet Bekishev (7-0-0) qozog‘istonlik Rustam Saydulayevni (6-2-0) ikkinchi raundda mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi.

Hamyurtimiz ishtirokidagi chempionlik jangida Nursultan Ro‘ziboyev (14-3-0) Almanbet Nuraliyevni (5-1-0) birinchi raundning uchinchi daqiqasida mag‘lub etdi va jahon chempioniga aylandi.

Yana bir chempionlik jangida qirg‘izistonlik Aziz Satiboldiyev qozog‘istonlik Kenjebek Dauletni birinchi raundda texnik nokautga uchratdi va yengil vaznda tengsiz deb topildi.

O‘zbek jangchilari orasida 66 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shohjaxon Abdulhamidov qiziqarli va murosasiz bellashuvda ochkolar bo‘yicha mezbonlar vakili Kilich Sadridinovga imkoniyatni boy berdi.

77 kg vaznda hamyurtimiz Shaxzod Sobirov qirg‘izistonlik Manas Temirbekovni birinchi raundning ikkinchi daqiqasida taslim qildi.

Shuningdek, Nursultan Irisbay uulu (Qirg‘iziston) hamda o‘zbekistonlik Sherzod G‘aniyev (77 kg) o‘rtasidagi jangda g‘olib nomi aniqlanmadi va durang qayd etildi.

Og‘ir vazn toifasida (93 kg) ishtirok etgan o‘zbekistonlik Murod Xonto‘rayev Qozog‘iston vakili Aslanbek Xasikov qarshi jang qilib, muddatidan oldin g‘alabaga erishdi. Hamyurtimizga bu natijani qayd etish uchun atigi 45 soniya kifoya qildi, xolos.

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempioni Nursulton Ro‘ziboyev yoxud WEF Global 9 turnirida o‘zbek sportchilarining natijalari bilan tanishing