12:00 / 10.09.2017
5 053

APL. «Manchester Yunayted» yomon an’anasini davom ettirdi

APL. «Manchester Yunayted» yomon an’anasini davom ettirdi
Angliya premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida «Manchester Yunayted» «Stok Siti» mehmoni bo‘ldi.

Aleks Fergyuson jamoadan ketganidan buyon Stokda g‘alaba qozona olmayotgan mankunianlar bu safar ham bu ishni uddalay olishmadi. Avvaliga Shupo-Moting hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Markus Reshford tasodifiy bo‘lsada, gol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo‘limda Romelu Lukaku jamoasini oldinga olib chiqqandi. Biroq yana o‘sha Shupo-Moting tomonidan kiritilgan gol o‘yinning durang bilan tugashiga sabab bo‘ldi.

Natijada «Stok Siti» ketma-ket beshinchi uchrashuvdirki, o‘z uyida «MYu»ga mag‘lub bo‘lmadi. Jamoa bosh murabbiy Mark Hyuz esa Joze Mourinoga qarshi uchrashuvlarda ketma-ket to‘rtta uchrashuvda yutqazmagan ikkinchi murabbiyga aylandi.

Ushbu durangdan keyin «MYu» hisobidagi ochkolar soni 10taga yetdi va jamoa hamshaharlari «Siti» bilan bir xil ochko to‘plagan holda turnir jadvalini boshqarib borishmoqda. «Stok Siti» esa 5 ochko bilan 10-pog‘onani band etgan.

Angliya premer-ligasi, 4-tur

Stok Siti – Manchester Yunayted 2:2 (1:1)
Gollar:
Shupo-Moting (43, 63) – Reshford (45) Lukaku (57).

Stok Siti
: Batlend, Vimmer, Kemeron (Martins Indi, 46), Piters, Zuma, Allen, Fletcher, Shakiri, Xese (Beraxino, 75), Shupo-Moting, Diuf.
Manchester Yunayted: De Xea, Bayi, Darmian, Valensiya, Djons, Errera (Marsyal, 72), Matich, Pogba, Mxitaryan (Lingard, 84), Reshford (Mata, 72), Lukaku.

Manba: kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. «Manchester Yunayted» yomon an’anasini davom ettirdi