16:12 / 10.09.2017
4 648

Arveladze «Paxtakor»da unga yoqayotgan jihatni aytdi

Arveladze «Paxtakor»da unga yoqayotgan jihatni aytdi
O‘zbekiston chempionatining 20-turidan o‘rin olgan «Metallurg» va «Paxtakor» jamoalari uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze uchrashuv xususida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Maydonning holati har ikki jamoaga yaxshiroq futbol o‘ynashga imkon bermadi. Menimcha, uchrashuvdan avval uni sug‘orib olish kerak. To‘p yetarli darajada tez yurmagani uchun maydonda kurash ko‘paydi. Deyarli har daqiqada to‘xtalishlarga guvoh bo‘ldik.

O‘yinga kelsak, menga jamoamning intilishi yoqdi. Gol o‘tkazib yubordik va juda tez o‘yinga qayta oldik. Safarda uch to‘p kiritish yaxshi ko‘rsatkich. Bugun safardagi ilk g‘alabamni nishonladim va buning uchun yigitlarga minnatdorchilik bildirdim.

Bizga qarshi jamoalar bor kuchi bilan o‘ynashmoqda. Bu yaxshi holat», - deya Arveladzening so‘zlarini keltiradi «Paxtakor» rasmiy sayti.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arveladze «Paxtakor»da unga yoqayotgan jihatni aytdi