11:02 / 12.09.2017
5 913

Fazliddin G‘oibnazarov yana ringga ko‘tarilmoqda

Fazliddin G‘oibnazarov yana ringga ko‘tarilmoqda
Professional ringda ketma-ket ikki marotaba g‘alaba qozongan Fazliddin G‘oibnazarov uchinchi jangini qachon va kimga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonlik bokschi 22 sentyabr kuni AQShda meksikalik Viktor Rosas bilan jang qiladi.

29 yashli meksikalik charm qo‘lqop ustasi to‘qqizta g‘alaba va oltita mag‘lubiyat qayd etgan. Uchta jangda raqiblarini nokautga tushirgan.

Rio olimpiadasidagi g‘alabadan so‘ng professional boksga o‘tgan Fazliddin dastlabki ikki jangda Viktor Vaskez va Agustin Maurasni mag‘lubiyatga uchratdi.

Hamyurtimizning uchinchi bahsi sakkiz raundlik reyting jangi sifatida qayd etilgan.

Manba: SPORTS.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oibnazarov yana ringga ko‘tarilmoqda