23:02 / 12.09.2017
5 167

Rossiyalik bokschilar o‘zbek bokschilaridan tajriba o‘rganishadi

Rossiyalik bokschilar o‘zbek bokschilaridan tajriba o‘rganishadi
Boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Eduard Kravsov rossiyalik bokschilar 2018 yilda xorijlik sportchilar bilan qator tadbirlar o‘tkazishini bildirdi.

“Kelasi yili jahon boksi yetakchilari — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Kuba, Amerika, Irlandiya terma jamoalari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirganmiz.

Maqsadimiz — tajriba almashish. Bular mashg‘ulotlar, uchrashuvlar va xalqaro musobaqalardagi o‘zaro uchrashuvlar bo‘ladi”, deydi Kravsov.

Avvalroq Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev jahon chempionatida oltin medallarga ega chiqa olmagan Rossiya terma jamoasi faoliyatini salbiy baholagandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyalik bokschilar o‘zbek bokschilaridan tajriba o‘rganishadi