O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 69-o‘ringa tushdi

  • 14 sentyabr 2017, 16:37
  • 3 666
  • Sport
  • O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 69-o‘ringa tushdi
    FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

    Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 511 ochko bilan o‘tgan oyga nisbatan 5 pog‘ona pasayib, 69-o‘ringa tushib ketdi.

    Osiyo futbol konfederatsiyasiga (OFK) a’zo mamlakatlar orasida ham O‘zbekistonda pasayish kuzatildi - terma jamoamiz 6-o‘rindan 7-o‘ringa tushdi. Xitoy terma jamoasi bizdan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

    Eron terma jamoasi Osiyoda peshqadamlikni saqlab turibdi, dunyo miqyosida esa 25-o‘rinni egallagan.

    FIFA reytingi (OFK bo‘yicha):
    1 (25). Eron – 865 ochko;
    2 (40). Yaponiya – 737 ochko;
    3 (50). Avstraliya – 662 ochko;
    4 (51). Janubiy Koreya – 659 ochko;
    5 (53). Saudiya Arabistoni – 641 ochko;
    6 (62). Xitoy – 564 ochko;
    7 (69). O‘zbekiston – 511 ochko;

    Umumiy reytingda Germaniya terma jamoasi birinchi o‘ringa chiqib oldi. Uni Braziliya va Portugaliya ta’qib qilmoqda.

    FIFA reytingi (umumiy):
    1. Germaniya – 1606
    2. Braziliya – 1590
    3. Portugaliya - 1386
    4. Argentina – 1325
    5. Belgiya - 1265

    Manba: stadion.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 69-o‘ringa tushdi