23:20 / 16.09.2017
4 402

«Paxtakor» Toshkentda «Sho‘rtan»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

«Paxtakor» Toshkentda «Sho‘rtan»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
O‘zbekiston Oliy Ligasining 21-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Sho‘rtan” uchrashuvi yakuniga yetdi.

Unda maydon egalari 3:0 hisobida yirik g‘alaba qozonishdi.

“Sherlar”ning gollariga Azim Ahmedov, Vladimir Kozak va Igor Sergeyevlar mualliflik qilishdi.

«Paxtakor» (Toshkent) – «Sho‘rtan» (G‘uzor) 3:0
Gollar:
Azim Ahmedov 10, - 1:0. Vladimir Kozak 25, - 2:0. Igor Sergeyev 68, - 3:0.

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Vladimri Kozak, Marko Simich (s), Sherzod A’zamov, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Rostin Griffits, Suhrob Nurullayev, Gidi Kanyuk, Tiago Bezerra, Igor Sergeyev.

"Sho‘rtan": Alibek Turobov, Jamol Otaqulov, Hasan Ergashev, Olimjon Karimov, Igor Taran (s), Laziz Ubaydullayev, Obid Jo‘raboyev, Eldor Boymatov, Sunatilla Mamadaliyev, Otabek Narzullayev, Maradona Safarov.

Uchrashuvdan so‘ng "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.

- Bugun jamoa namoyish qilgan o‘yin menga yoqdi. Ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik va ulardan uchtasidan foydalandik.

Yigitlarga chiroyli g‘alaba uchun rahmat aytaman. O‘yinimizda o‘sish kuzatilmoqda. Futbolchilar mashg‘ulotlarda yaxshi ishlashmoqda va maydonda buni ko‘rsatishga intilishyapti.

Asosiy tarkibdagi barcha futbolchida maydonga tushish uchun teng imkoniyat mavjud. Biz safda ko‘rishni istamagan o‘yinchi jamoamizda bo‘lmasdi.

Kimdir bugun, boshqa birov ertaga imkoniyatga ega bo‘ladi. Raqobatda kim o‘zini qanday o‘zini ko‘rsatishiga asosida uchrashuvlarda maydonga tushadi.

Suyunov juda yaxshi saviyadagi darvozabon. Afsuski, maydonga ikki darvozabonni tushirish imkoniyati yo‘q.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» Toshkentda «Sho‘rtan»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi