00:01 / 17.09.2017
4 615

APL. «Siti» navbatdagi raqibni tor-mor keltirdi va peshqadamga aylandi, «Liverpul» o‘z uyida ochko yo‘qotdi

APL. «Siti» navbatdagi raqibni tor-mor keltirdi va peshqadamga aylandi, «Liverpul» o‘z uyida ochko yo‘qotdi
Angliya premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan yana bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi.

«Manchester Siti» «Uotford» mehmoni bo‘lib raqib darvozasiga javobsiz oltita gol urdi. Uchrashuvda Serxio Aguero xet-trikka erishdi. Bu orqali jamoa so‘nggi uchta uchrashuvni jami 15:0 hisobida yutgan bo‘lib chiqdi.

Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul» esa «Byornli» bilan «Enfild»da kechgan uchrashuvda durang qayd etdi va bu raqibga qarshi ilk marta o‘z uyida ochko yo‘qotdi.

Turning boshqa uchrashuvlarida «Nyukasl» «Stok»dan ustun kelgan bo‘lsa, qolgan ikki uchrashuvda durang qayd etildi.

Ushbu natijalardan keyin «Manchester Siti» 5 uchrashuvda 13 ochko to‘plagan holda peshqadamga aylandi. 4 uchrashuvda 10 ochko to‘plagan «Manchester Yunayted» o‘z o‘yinini ertaga o‘tkazadi.

Angliya premer-ligasi, 5-tur

Uotford – Manchester Siti 0:6 (0:3)
Gollar:
Aguero (27, 31, 81), Gabriel Jezus (37), Otamendi (63), Sterling (89, penalti).
Uotford: Gomes, Kabasele, Xolebas, Yanmat, Mariappa, Chaloba (Kapu, 70), Kleverli (Pereyra, 64), Karrilo, Dukure, Risharlison, Grey (Dini, 74).
Manchester Siti: Ederson, Otamendi, Mendi, Uoker, Stounz, de Bryuyne (Gyundogan, 66), Fernandino, Silva (Sane, 78), Sterling, Aguero, Gabriel Jezus (Bernardu Silva, 65).
Ogohlantirishlar: Xolebas (29), Dukure (40).

Vest Bromvich – Vest Hem 0:0
Vest Bromvich: Foster, Xegazi, Gibbs (Nom, 85), Evans, Douson, Berri, Krыxovyak, Fillips (Makkleyn, 76), Morrison, Brant (Robson-Kanu, 72), Rodriges.
Vest Hem: Hart, Rid, Fonte, Kressuell, Kollinz (Arnautovich, 58), Obiang, Kuyate, Antonio, Sabaleta, Ernandes (Ayyu, 76), Kerroll (Sako, 82).
Ogohlantirishlar: Sabaleta (9), Foster (66), Makkleyn (83), Antonio (90).

Haddersfild – Lester 1:1 (0:0)
Gollar:
Depuatr (46) – Vardi (50, penalti).
Haddersfild: Lessl, Yorgensen, Leve, Smit, Shindler, Ins, Muy, Sabiri (Xogg, 82), Uilyams, Kachunga (Kvaner, 74), Depuatr (van La Parra, 90).
Lester: Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Simpson, Maguayr, Marez, King, Ndidi, Olbrayton (Grey, 65), Ixeanacho (Okadzaki, 69), Vardi (Slimani, 82).
Ogohlantirishlar: Shindler (40), Okadzaki (80).

Nyukasl – Stok Siti 2:1 (1:0)
Gollar:
Atsu (19), Lassels (68) – Shaqiri (57).
Nyukasl – Elliot, Mbemba, Klark, Yedlin, Lassels, Ritchi, Merino, Xeyden (Shelvi, 69), Atsu, Peres (Diame, 86), Xoselu (Geyl, 78).
Stok Siti: Batlend, Martins Indi, Vimmer, Piters, Zuma, Fletcher, Allen (Krauch, 84), Shaqiri, Shupo-Moting, Xese (Sobxi, 62), Diuf.
Ogohlantirishlar: Heyden (25), Vimmer (30), Klark (73), Merino (77).

Liverpul – Bernli 1:1 (1:1)
Gollar:
Saloh (30) – Arfild (27).
Liverpul: Minole, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, Klavan, Koutino (Solanke, 78), Djan, Firmino (Oksleyd-Chemberlen, 79), Milner, Saloh, Starrij.
Byornli: Poup, Tarkovski, Uord, Louton, Mi, Defur (Vestvud, 87), Kork, Arfild, Gudmundsson (Barns, 60), Breydi, Vud (Vouks, 87).
Ogohlantirish: Poup (55).

Manba: kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. «Siti» navbatdagi raqibni tor-mor keltirdi va peshqadamga aylandi, «Liverpul» o‘z uyida ochko yo‘qotdi