12:19 / 17.09.2017
5 477

Ulug‘bek Baqoyev: «O‘yinni qanday ta’riflashga ham hayronman... »

Ulug‘bek Baqoyev: «O‘yinni qanday ta’riflashga ham hayronman... »
Oliy liganing 21-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Dinamo" (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "Buxoro" ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yinni qanday ta’riflashga ham hayronman... Bahs oson bo‘lmadi albatta. Xamma o‘yinchilarimiz birdek shijoat bilan xarakat qildi. To‘p bilan muomala qilishda ham, o‘yinni nazorat qilish bo‘yicha ham raqibdan yaxshi o‘ynadik. Buning uchun ularga va shuningdek “Buxoro” ishqibozlariga ruhan dalda berib, qo‘llab –quvvatlab turishgani uchun alohida rahmat deyman. Uchrashuvda turli xil vaziyat bo‘lishi mumkin. Biz hamma vaqt bunga tayyor bo‘lishimiz kerak. «Dinamo»ga qarshi juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Bugun shunchaki omad biz tomonda bo‘lmadi xolos. Lekin o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmagan holda keyingi turlarda bundan-da ko‘proq xarakat qilib, bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil xarakat qilamiz.

Ulug‘bek Baqoyev


Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: «O‘yinni qanday ta’riflashga ham hayronman... »