14:30 / 17.09.2017
4 786

Saul Alvares: «Jangda men yutgandim»

Saul Alvares: «Jangda men yutgandim»
Saul Alvares qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi kechgan va durang natija bilan tugagan jangi borasida fikr bildirdi.

«Uning kuchli jihatini bilishni istardim. Yo‘q, u meni hech bir jihati bilan qoyil qoldira olmadi. Men buni hisobga olgan holda, o‘z taktikamni qo‘lladim. Sakkiz raundda ustunlik qilgandim. Men oxirgi raundlar arafasida jangda g‘alaba qilib bo‘lganimni his etgandim. Endi men revansh olishni istayman. Agar odamlar bunday jangni istashsa, men tayyorman», – deya Alvaresning so‘zlarini keltirgan BoxingScene.

Ushbu jang yakunida referilardan biri Golvkinga g‘alaba berdi (115-113), ikkinchisi – Alvaresga (118-110), uchinchi hakam esa kuchlar teng kelganini ma’lum qildi (114-114).

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saul Alvares: «Jangda men yutgandim»