16:37 / 17.09.2017
4 691

«Chelsi» – «Arsenal». Arsen Venger jamoasi g‘alaba qozona oladimi?

«Chelsi» – «Arsenal». Arsen Venger jamoasi g‘alaba qozona oladimi?
«Arsenal» bugun «Stemford Brij»ga boradi. Har o‘yin oldidan Arsen Venger boshi ustida bulutlar to‘planmoqda. Yevropa Ligasi guruh bosqichida «Kyoln»ga qarshi o‘yin «kanonirlar» o‘yini o‘zgarishi kerakligini yana bir bor ko‘rsatdi.

«Chelsi»ning ustunligi

«Chelsi» oxirgi 18 o‘yindan 16tasida g‘olib chiqqan;

«Chelsi» uy uchrashuvlarida oxirgi 8 o‘yinda kamida 2 gol urgan;

«Chelsi» «Arsenal»ga qarshi oxirgi 5 o‘yinda g‘alaba qozongan.

Agar «Arsenal» uchrashuvda to‘p o‘tkazib yuboradigan bo‘lsa, APL bir raqibga qarshi mehmondagi uchrashuvda ketma-ket gol o‘tkazish bo‘yicha eng uzun seriyani qayd etadi («Liverpul»ga qarshi 1999-2012 yillar oralig‘ida tinmasdan gol ).

Eden Azar «Arsenal»ga qarshi «Chelsi» uyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi to‘rtta uchrashuvning uchtasida gol urgan.

Bu Arsen Vengerning «Chelsi»ga qarshi 59-uchrashuvi bo‘ladi. Bu «Arsenal» bosh murabbiyi sifatida mutaxassislar uchun eng ko‘p natija.

Jarohatlangan futbolchilar

«Chelsi»: Danni Drinkuoter

«Arsenal»: Fransis Koklen, Teo Uolkott

Yangi futbolchilar

«Chelsi»: Morata, Bokayoko, Dzappakosta. Bu futbolchilar avvalgi o‘yinlarda o‘zlarini ko‘rsatishdi. Drinkuoter esa terma jamoa yig‘ini vaqtida jarohat oldi va bugun u o‘ynamaydi.

«Arsenal»: Lyakazett. U o‘zi uchun yangi chempionat va yangi jamoadoshlarga oson moslashdi. Aleksandr Lyakazett qiyin ahvolda turgan jamoaga kelib qo‘shildi, ammo u bugun «Chelsi» himoyachilari uchun asosiy xavfga aylanadi. «Arsenal»ning ikkinchi yangi futbolchisi Sead Kolashinets ham o‘z o‘yinlari bilan jamoa muxlislari yoqimlisiga aylandi. «Kanonirlar» himoyada yaxshi harakatlana olishmayapti, lekin hujumlar yetarlicha yaxshi. Ayni vaqtda «Arsenal»ning eng kuchsiz nuqtasi - markaziy himoya. Oksleyd-Chemberlen ketgach, markazda o‘ynatish uchun yana bir variant yo‘q bo‘ldi...

Jamoalarning oxirgi uchrashuvlari

06.08.2017 «Arsenal» - «Chelsi» 1-1 Superkubok («Arsenal» penaltilar bo‘yicha g‘alaba qozongan)

22.07.2017 «Arsenal» - «Chelsi» 0-3 O‘rtoqlik uchrashuvi

27.05.2017 «Arsenal» - «Chelsi» 2:1 Angliya Kubogi

04.02.2017 «Chelsi» - «Arsenal» 3-1 Premer-liga

24.09.2016 «Arsenal» - «Chelsi» 3-0 Premer-liga

24.01.2016 «Arsenal» - «Chelsi» 0-1 Premer-liga

«Arsenal» «Chelsi»ga qarshi o‘yinlarda yaxshi statistikaga ega emas. Ayniqsa, «Stemford Brij»dagi o‘yinlarda. Bu stadionda Arsen Venger jamoasi oxirgi marta 6 yil muqaddam g‘alaba qozongan, shundan keyin esa «kanonirlar» bu yerdan bitta ham ochko bilan qaytmagan.

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi. O‘yinni Futbol TV va Match! Futbol 1 telekanallari orqali namoyish etiladi.

Manba: kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» – «Arsenal». Arsen Venger jamoasi g‘alaba qozona oladimi?