18:33 / 17.09.2017
5 340

Golovkin: «Men yutqazmadim, men ham revansh xohlayman»

Golovkin: «Men yutqazmadim, men ham revansh xohlayman»
O‘rta vazn toifasida WBC/WBA/IBF kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin Saul «Kanelo» Alvaresga qarshi revansh janggi o‘tkazishga qarshi emas, deb yozadi Kun nashri.

«Men meksikacha usulda jang o‘tkazishga tayyorman, yaqin masofada turib mushtlasha olaman. Men yanada dramatik shou ko‘rsatishni xohlagandim. Ammo bu u qadar o‘xshamadi.

Bu mening aybim emas, men har bir raundda bosim uyushtirdim. Men muxlislarni xursand qilmoqchi edim. Ammo bunday bo‘lib chiqmagan bo‘lsa, bu mening aybim emas. Men yutqazmadim. Men hali ham chempionman.

Albatta, men yana mushtlashishga, revanshga qarshi emasman. Revansh yoki boshqacha jang – men mushtlashishni istayman. Menda revansh o‘tkazish istagi bor», – degan Golovkin.

Golovkin – Alvares o‘rtasidagi uzoq kutilgan jangda g‘olib aniqlanmadi. Ushbu jang yakunida referilardan biri Golovkinga g‘alaba berdi (115-113), ikkinchisi – Alvaresga (118-110), uchinchi hakam esa kuchlar teng kelganini ma’lum qildi (114-114). Natijada, GGG kamarlarni o‘zida saqlab qoldi.

Bundan avvalroq meksikalik Alvares jang natijasi adolatli bo‘lmagani, Golovkin bilan yana jang qilishni istashi haqida aytgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Golovkin: «Men yutqazmadim, men ham revansh xohlayman»