09:33 / 18.09.2017
5 688

Yengilmas bokschimiz Jamshidbek Najmiddinov nohaqlik qurboniga aylandimi?

Yengilmas bokschimiz Jamshidbek Najmiddinov nohaqlik qurboniga aylandimi?
Xabaringiz bor, kecha hamyurtimiz Jamshid Najmiddinov ukrainalik sobiq chempioni Viktor Postolga qarshi jang o‘tkazdi. 10 raund etib belgilangan ushbu jangda hamyurtimiz raqibi ustidan yaqqol g‘alaba qozongan edi. Bunga qator faktlarni keltirishimiz mumkin. U jang davomida raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushurgan bo‘lsa, faqatgina ulardan bittasida hakam hisobni ochdi. Aslida, ikkinchi vaziyatda ham nokdaun qayd etilishi kerak edi. Qolaversa, butun jang mobaynida Postolga nisbatan ko‘p va aniq zarbalar yo‘llagan ham bokschimiz bo‘ladi.

Afsuski, mezbonlik faktori baribir o‘z so‘zini aytdi. Jangdan keyin bokschimiz promouteri “Temurlang” klubi rahbari Husrav Nasrullayev bilan bog‘lanib, jangdan keyingi fikrlariga quloq tutdik.

– Jang juda keskin va murosasiz o‘tdi. Jamshidning g‘alaba qozonganini butun Ukraina xalqi ko‘rdi va e’tirof etdi. Jangdan so‘ng, muxlislar “yangi Pakyao”, “yangi chempion” deb olqishladilar. Qolaversa, ushbu boks kechasini tashkil qilgan promouterlar ham kelib, mazkur jangdagi hakamlik uchun uzr so‘rashdi. O‘ylaymanki, ushbu xolat kelajakdagi ulkan natijalar uchun sabab bo‘ladi, –deydi Nasrullayev.

Eslatib o‘tamiz, jang yakuniga ko‘ra, hakamlar 97:92, 97:92, 98:92 hisoblarida Pistolning g‘alabasini e’tirof etishdi.

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yengilmas bokschimiz Jamshidbek Najmiddinov nohaqlik qurboniga aylandimi?