10:31 / 19.09.2017
3 471

Videotakrorlar ko‘lami yanada kengayadi

Videotakrorlar ko‘lami yanada kengayadi
Braziliya futbol Konfederatsiyasi ma’muriyati milliy chempionatning hal qiluvchi turlaridan boshlab videotakrorlar tizimini joriy etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda «Tashkilot» rasmiy saytiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, yangi texnologiyalar joriy taqvim yilining o‘zidayoq amalda foydalanishga topshiriladi. Hozirgi vaqtda tizim sinovdan o‘tkazilmoqda. Yangi texnologiya bo‘yicha nazariy va amaliy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Braziliya konfederatsiyasi rahbari Marko Polo Del Neronin shaxsan o‘zi so‘nggi vaqtlarda mahalliy chempionat — A seriya o‘yinlarida hakamlarning xatolari ko‘payib ketgani sababli tezroq bu tizimni joriy qilishni istamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Videotakrorlar ko‘lami yanada kengayadi