10:55 / 19.09.2017
5 201

O‘zbekiston o‘smirlar termasi U-16 OCh saralashini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston o‘smirlar termasi U-16 OCh saralashini g‘alaba bilan boshladi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari davom etmoqda.

Dilshod Nuraliyev bosh murabbiyligidagi jamoa bugun, 18 sentyabr kuni Bahraynga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona golga zaxiradan maydonga tushgan Mirjalol Qosimov 89-daqiqada mualliflik qildi va jamoaga dastlabki 3 ochkoni taqdim qildi.

Qayd etish kerakki, o‘yinning 33-daqiqasida bahraynliklar himoyachisi O‘zbekiston o‘smirlar termasi hujumchisi Igor Chikrizovga og‘ir jarohat yetkazdi. Hujumchi maydonni tark etib, shu zahoti shifoxonaga yetkazildi.

O‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan keyin Igor Chikrizovga o‘ng oyoq tovon qismini bog‘lovchi pay shikastlanishi tashxisi qo‘yildi. Futbolchiga barcha kerakli muolajalar ko‘rsatilgach, shifokorlar O‘zbekiston o‘smirlar termasi hujumchisining jarohatidan tiklanishi uchun 2–4 hafta vaqt kerak bo‘lishini ma’lum qilishdi.

Kunning ikkinchi o‘yinida Iordaniya o‘smirlari Shri-Lankaga qarshi bahs yuritdi. Guruh autsayderi sifatida e’tirof etilayotgan Shri-Lanka bu safar o‘z darvozasidan 7 ta gol olib chiqdi.

U-16 OCh saralash bosqichi
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
18 sentyabr, dushanba


Bahrayn – O‘zbekiston 0:1

Gol: Mirjalol Qosimov (89)

O‘zbekiston U-16: Mo‘minmirzo Qodirov, Abdurauf Bo‘riyev (Mirjalol Qosimov, 83), Xurshidbek Ubaydullayev, Jasurbek Abdulbekov, Jaloliddin Sodiqov, Jasurbek Jaloliddinov, Ruslan Roziyev (Temur Mamasiddiqov, 63), Doniyor Sobirov, Mironshox Sattorov, Igor Chikrizov (Boburbek Sobirov, 33), Boburmirzo Ergashev.

Ogohlantirishlar: Xolid Haytam al-Sheruqiy (25), Ahmad Abdulla (31) – Mironshox Sattorov 83.

Kunning ikkinchi o‘yinida Iordaniya o‘smirlari Shri-Lankaga qarshi bahs yuritdi. Guruh autsayderi sifatida e’tirof etilayotgan Shri-Lanka bu safar o‘z darvozasidan 7 ta gol olib chiqdi.

Shri-Lanka – Iordaniya 0:7

Yakuniga yetgan o‘yinlardan keyin “A” guruhi jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi. Mazkur havolaga o‘tish orqali ham turnir jadvali bilan tanishish mumkin.

Quyida bo‘lajak o‘yinlar anonsi bilan tanishing.

20 sentyabr, chorshanba
O‘ZBEKISTON – Shri-Lanka
Saudiya Arabistoni – Bahrayn

22 sentyabr, juma
Iordaniya – O‘ZBEKISTON
Saudiya Arabistoni – Shri-Lanka

24 sentyabr, yakshanba
Bahrayn – Iordaniya
O‘ZBEKISTON – Saudiya Arabistoni

Ma’lumot uchun, U-16 Osiyo chempionati saralashida OFKga a’zo jami 45 mamlakatning o‘smirlar terma jamoalari 10 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. Guruhda birinchi o‘rinni egallagan 10 ta hamda eng yaxshi 5 ta ikkinchi o‘rin sohiblari mezbon Malayziyaga qo‘shilgan holda Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanma oladi. U-16 Osiyo chempionati 2018 yilning 20 sentyabr – 7 oktyabr kunlari Malayziyada o‘tkaziladi.

Манба: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston o‘smirlar termasi U-16 OCh saralashini g‘alaba bilan boshladi