00:07 / 20.09.2017
3 464

Diqqat, futbolchi qidirilmoqda

Diqqat, futbolchi qidirilmoqda
Faoliyati davomida Angliyaning “Lids”, “Uotford” va “Byornli” klublari safida to‘p tepgan Klark Karlayl Buyuk Britaniya politsiyasi tomonidan qidirilmoqda.

To‘rt yil avval faoliyatini yakunlagan futbolchining yo‘qolganligi haqida matbuotga turmush o‘rtog‘i Kerri Karlayl ma’lum qilgan.

Karri Karlayl, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Klark Karlaylning suratini joylab, uning ostiga “Klarkning so‘nggi manzili Manchester shahri bo‘lishi mumkin. Uni soat 06:00 da ko‘rishgan. Agar kimdir Karlaylni ko‘rgan bo‘lsa, iltimos biz bilan bog‘lansin”, deb xabar yozib qoldirgan.

Sobiq futbolchi 2014 yilda ruhiyatidagi o‘zgarishlar bois shifoxonada 6 hafta davolanib chiqqan. Ammo butunlay bu darddan xalos bo‘lmagan chog‘i, yaqinda bergan intervyusida hali-hamon ruhiy streslar ichida yashayotganini aytib o‘tgan.

Taxminlarga ko‘ra, Klark xotirasini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diqqat, futbolchi qidirilmoqda