03:52 / 20.09.2017
5 521

Messining “poker”i “Barselona”ga “Eybar” ustidan yirik g‘alaba keltirdi

Messining “poker”i “Barselona”ga “Eybar” ustidan yirik g‘alaba keltirdi
Ispaniya chempionatining 5-turida “Barselona” o‘z maydonida “Eybar”ni ayab o‘tirmadi.

Kamp Nouda kechgan bahsda maydon mezbonlar 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi to‘rtta gol urib o‘z hisobiga “poker” rasmiylashtirgan bo‘lsa, Denis Suares va Paulino ham gollar shousiga munosib hissa qo‘shishdi.

Shu tariqa “Barselona” beshta uchrashuvdan 15 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilishdi davom etmoqda. “Eybar” esa 6 ochko bilan 13-pog‘onani band etgan.

Ispaniya chempionati, 5-tur.
Barselona – Eybar 6:1

Gollar:1:0 – 20, penalti Messi, 2:0 – 38 Paulino, 3:0 – 53 Denis Suares, 3:1 – 57 Enrik, 4:1 – 59 Messi, 5:1 – 62 Messi, 6:1 – 87 Messi.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Din, Nelson Semedu, Pike, Inesta (Serdji Roberto, 63), Buskets (Rakitich, 65), Denis Suares, Paulino, Deulofeu (Aleish Vidal, 75), Messi.
Eybar –Dmitrovich, Galves, Paulu Oliveyra, Junka, Kapa (Penya, 65), Dani Garsiya (Rivera, 77), Eskalante, Inui, Jordan, Arbilya, Enrik (Sharles, 72).
Ogohlantirish:Kapa (10), Galves (80).

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messining “poker”i “Barselona”ga “Eybar” ustidan yirik g‘alaba keltirdi