22:20 / 21.09.2017
8 882

O‘zbekistonga “futbol yulduzlari”ning tashrifi kutilmoqda

O‘zbekistonga “futbol yulduzlari”ning tashrifi kutilmoqda
Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun 21 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino bilan Shveysariyaning Syurix shahrida uchrashdi, deb yozadi Qalampir nashri.

Uchrashuv davomida O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Infantinodan taniqli futbol yulduzlari O‘zbekistondagi yosh futbolchilarga master-klass o‘tab berishi va jahon futbolida faoliyat olib borayotgan top-murabbiylarni O‘zbekistonda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib berishlari uchun taklif qilishda amaliy yordam berishini so‘radi.

Bundan tashqari, Yevropaning ko‘zga ko‘ringan futbol klublari va O‘zbekiston jamoalari o‘rtasida hamkorlikdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishildi.

O‘FFning sobiq prezidenti Mirabror Usmonov tashkilotchiligida bundan 9 yil ilgari “Barselona” hujumchisi Lionel Messi Toshkentga master-klass o‘tkazish uchun tashrif buyurgandi.

Shuningdek, Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham 2009 yil Toshkentga tashrif buyurib, “Bunyodkor” stadionida yosh futbolchilarga master-klass o‘tab qaytgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasida hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Umid Ahmadjonov O‘FFning yangi prezidenti sifatida ommagan tanishtirildi. Konferensiyasi ishtirokchilari bir ovozdan Umid Ahmadjonovning nomzodiga ovoz berishgan.

Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonov boshchiligidagi O‘FF delegatsiyasi Shveysariyadan Toshkentga shu hafta oxirida qaytib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonga “futbol yulduzlari”ning tashrifi kutilmoqda