07:38 / 27.09.2017
4 452

YECHL. E guruhi. "Spartak" "Liverpul" bilan durang o‘ynadi

ЕЧЛ. E гуруҳи. "Спартак" "Ливерпуль" билан дуранг ўйнади
2017/18 yilgi mavsum uchun Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turiga start berildi.

E guruhida "Sevilya" o‘z maydonida "Maribor"ni qabul qilib, 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.

Mezbonlar tarkibidagi barcha gollarga Ben Yedder mualliflik qildi.

Guruhning ikkinchi bahsida "Liverpul" "Spartak" mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yinning 23-daqiqasida Fernando gol urib, mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 31-daqiqada Koutino hisobni tenglashtirdi.

E guruhi

Sevilya – Maribor 3:0
Gollar:
1:0 – 27 Ben-Yedder, 2:0 – 38 Ben-Yedder, 3:0 – 83, penalti Ben-Yedder.
Sevilya – Riko, Parexa, Eskudero, Korshya, Langle, Vaskes (Sarabiya, 79), Nzonzi, Korrea, Banega (Pisarro, 86), Nolito (Navas, 67), Ben-Yedder.
Maribor – Xandanovich, Raychevich, Viler, Milets, Billong, Kabxa (Xotich, 74), Vrxovets, Axmedi, Pixler, Boxar (Kramarich, 71), Tavares (Meshanovich, 88).
Ogohlantirishlar: Eskudero (56).

Spartak – Liverpul 1:1

Gollar:
1:0 – 23 Fernando, 1:1 – 31 Koutino.
Spartak – Rebrov (Selixov, 68), Bokketti, Kutepov, Jikiya, Tashchi, Samedov (Pedro Rosha, 90), Popov (Melgarexo, 85), Fernando, Pashalich, Yeщenko, Luis Adriano.
Liverpul – Karius, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold, Lovren, Firmino, Jan (Veynaldum, 73), Salax, Koutino, Mane (Starrij, 70), Xenderson.
Ogohlantirishlar: Jan (7), Bokketti (46), Firmino (75).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. E guruhi. "Spartak" "Liverpul" bilan durang o‘ynadi