23:39 / 27.09.2017
5 177

O‘FF yana bir murabbiyni lavozimidan ozod etdi

O‘FF yana bir murabbiyni lavozimidan ozod etdi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliyev bugun o‘z vazifasidan ozod etildi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston o‘smirlar termasining Osiyo chempionatiga saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin, bugun, 27 sentyabr kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“...Dilshod Nuraliyevning arizasini ham oldik, u kishi ishdan ketdi. Ko‘p narsaga Dilshod Nuraliyev sababchi. Har bir futbolchini ham o‘rganib chiqyapmiz.

Qayerdan kelgan, nima uchun bu musobaqaga borgan... Bundan keyin bunday holatlar takrorlanmaydi!

Endi musobaqa safarlariga til biladigan mutaxassislar yuboriladi”, dedi Umid Ahmadjonov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatiga saralash bosqichidan o‘ta olmagandi.

Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan zimmasiga yuklatilgan vazifani bajara olmagani uchun lavozimidan ozod etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FF yana bir murabbiyni lavozimidan ozod etdi