19:17 / 28.09.2017
5 601

Ashgabat–2017: Musobaqaning yopilish marosimi o‘tkazildi, O‘zbekiston kuchli beshlikka kirdi

Ashgabat–2017: Musobaqaning yopilish marosimi o‘tkazildi, O‘zbekiston kuchli beshlikka kirdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobodda bo‘lib o‘tgan yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida barcha medallar o‘z egalarini topdi. Ya’ni kecha, 27 sentyabr kuni Osiyo o‘yinlari musobaqasining yopilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Qalampir nashri xabar qildi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra mezbonlar Turkmaniston terma jamoasi 89 ta oltin medal bilan birinchi o‘rinni egalladi. Turkmaniston terma jamoasi umumiy hisobda 245 ta medal jamg‘ara olishdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari 24 ta oltin medallarni qo‘lga kiritgan holda, jadvalning beshinchi pog‘onasidan o‘rin olishdi. O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari umumjamoa hisobida 131 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Bu esa musobaqada eng ko‘p medal olish bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, o‘zbekisiton sharafini himoya qilgan sportchilar 24 ta oltin medaldan tashqari, 33 ta kumush va 74 bronza medallariga ega chiqishdi.

Xitoy terma jamoasi 42 ta oltin (97) bilan 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, Eron delegatsiyasi 36 ta oltin (118) bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston terma jamoasi esa 28 oltin bilan to‘rtinchi o‘rindan joy egalladi. Faqat shu terma jamoalar O‘zbekiston terma jamoasidan ko‘proq oltin to‘play olishdi.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan 10 ta mamlakat reytingi quyidagicha ko‘rinish olgan:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ashgabat–2017: Musobaqaning yopilish marosimi o‘tkazildi, O‘zbekiston kuchli beshlikka kirdi