22:20 / 28.09.2017
5 899

O‘zPFL yangi ish o‘rinlariga mutaxassislarni taklif qiladi

O‘zPFL yangi ish o‘rinlariga mutaxassislarni taklif qiladi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov boshlanganligini e’lon qiladi.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi quyidagi bo‘limlariga mutaxassislar tanlov asosida ishga taklif qilinadi:
  • Sport bo‘limi;
  • Marketing bo‘limi;
  • Matbuot xizmati (ingliz, rus va o‘zbek tillarini biladigan jurnalistlar);

Shuningdek,
- Buxgalter;
- Kassir;
- Yuriskonsult;
- Xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassis;
- Futbol ishqibozlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis;
- Kotib/ish yurituvchi;
- Haydovchilar ham ishga taklif qilinadi.

Nomzodlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:

- soha bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
- futbol va sport sohasidagi strukturadagi ish tajribasi;
- futbol va sport sohasidagi me’yoriy xujjatlar haqida bilimga ega bo‘lishi;
- xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilishi;
- kompyuter va internetdan samarali foydalanish, prezentatsiyalarni tayyorlashni o‘zlashtirgan bo‘lishi;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;

Nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotnoma (rezyume)ni [email protected] elektron pochta manzili yoki +99871 230-90-51 faksga yuborishlari kerak. Komissiya tomonidan saralab olingan nomzodlarga tashkiliy qo‘mita tomonidan xabar beriladi va suhbatga taklif etiladi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zPFL yangi ish o‘rinlariga mutaxassislarni taklif qiladi