10:08 / 29.09.2017
3 448

Aguero yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Argentina terma jamoasi va «Manchester Siti» klubi hujumchisi Serxio Aguero Niderlandiyada ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohat oldi. Goal internet nashrining Argentinadagi manbalarga asosan xabar berishicha, forvard Amsterdamga kolumbiyalik qo‘shiqchi Malumaning konsertida ishtirok etish uchun yo‘l olgan. Musiqachining dasturidan so‘ng u aeroportga borish uchun o‘tirgan taksi ustunga kelib urildi.

Xabar qilinishicha, o‘yinchi xavfsizlik kamarlaridan foydalangan, biroq qovurg‘alaridan baribir jarohat olgan.

Agueroning jarohati qay darajada ekani haqidagi ma’lumot hozircha yo‘q. Bu haqda «Manchester Siti» va Argentina terma jamoasi ham rasmiy bayonot bermadi.
Aguero yo‘l-transport hodisasiga uchradi



Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aguero yo‘l-transport hodisasiga uchradi