23:21 / 30.09.2017
4 931

«Bunyodkor» «Mash’al»ni gollar bilan siyladi, «Sug‘diyona» esa...

«Bunyodkor» «Mash’al»ni gollar bilan siyladi, «Sug‘diyona» esa...
O‘zbekiston Oliy Ligasining 23-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga yetdi.
17:00 da boshlangan “Sug‘diyona” - “Dinamo” uchrashuvida muxlislar gol ko‘rishmagan bo‘lishsa, yana bir “Bunyodkor” – “Mash’al” uchrashuvida mehmonlar darvozalaridan to‘rtta gol olib chiqishdi.

“Qaldirg‘ochlar” tarkibida Otabek Shukurov dubl muaallifiga aylangan bo‘lsa, Shohruz Norxonov hamda Doston Hamdamovlar bittadan to‘p kiritishdi.

Shu tariqa, “Bunyodkor” yirik g‘alabani qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 41 taga yetkazib olgan bo‘lsa, “Sug‘diyona” 24 ochko bilan 12-o‘rinda qolib ketdi.

“Mash’al” 34 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Dinamo” 23-turdan so‘ng shuncha ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinni band etib turibdi.

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Mash’al» (Muborak) 4:0

Gollar:
Norxonov (26), Shukurov (31), Hamdamov (34), Shukurov (37).

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Rustamjon Ashurmatov, Islomjon Qobilov, Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Doston Hamdamov, Shoxrux Gadoyev, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov, Shoxruz Norxonov

"Mash’al": Javohir Ilyosov, Sardor Rahmonov, Humoyun Murtazoyev, Shahzod Shaymanov, Abbos Shodmonov, Bobur Qosimov, Igor Timonyuk, Asiljon Begimqulov, Avaz Agaliyev, Abdulloh Olimov, Zafar To‘rayev
***
«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Dinamo» (Samarqand) 0:0

"So‘g‘diyona":
Muzaffar Abdullayev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Oripov, Sanjar Rashidov, G‘ayrat Umirov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Sardor Qahhorov, Sardor Eminov, Javlon Guseynov, Umid Qodirov.

"Dinamo": Temur Jo‘rayev, Akmal Bozorov, Radu Rogak, Shoxrux Xolmatov, Aleksey Nikolayev, Orif Mamajonov, Amirjon Safarov, Iskandar Xolmirzayev, Adnan Oraxovats, Farhod Tojiyev, Doniyor Ismoilov.

Chetlatish: Elyor Oripov 61 (2-sariq kartochka).

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bunyodkor» «Mash’al»ni gollar bilan siyladi, «Sug‘diyona» esa...