13:17 / 01.10.2017
5 040

APL. «Siti» Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etdi, «Yunayted» esa 4 ta gol farqi bilan zafar quchdi

APL. «Siti» Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etdi, «Yunayted» esa 4 ta gol farqi bilan zafar quchdi
Angliya Premer-Ligasining 7-turidan joy olgan 7 ta bellashuv o‘z yakuniga yetdi. Mazkur turda ham Manchester titanlari 3 ochkodan qo‘lga kiritdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Markaziy bellashuv Londonda o‘tib, Angliyaning amaldagi chempioni «Chelsi» «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berdi — 0:1. Bu Antonio Konte jamoasining dastlabki yetti turdagi ikkinchi uy mag‘lubiyati bo‘ldi. «Aristokratlar» mavsumdagi ilk o‘yinda «Byornli»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Mazkur g‘alaba sabab «Siti» turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoa hamshahri «Yunayted»dan to‘plar nisbatiga ko‘ra ustun. Bunda faqatgina 1 ta gol rol o‘ynamoqda.

O‘z navbatida «Yunayted» mazkur turda ham yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Londonning «Kristal Pelas» jamoasini mehmon qilgan «mankunianlar» 4:0 hisobida zafar quchdi.

«Yunayted» 7 ta turning 4 tasida 4:0 hisobida zafar quchgani e’tiborga molik: «Vest hem» 4:0, «Suonsi» 4:0, «Everton» 4:0 va «Kristal Pelas» 4:0. Chempionlar Ligasida ham Mourino jamoasi ikki yirik g‘alabani qo‘lga kiritgandi: «Bazel» 3:0 va «SSKA» 4:1.

Mazkur turda Londonning «Tottenhem» klubi ham 4 ta gol farqi bilan zafar quchdi va turnir jadvalida kuchli uchlikka ko‘tarilib oldi.

Angliya Premer-Ligasi
7-tur bellashuvlari
30 sentyabr, shanba


«Xaddersfild» — «Tottenhem» 0:4

Gollar: Harri Keyn, 9 (0:1). Ben Deyvis, 16 (0:2). Harri Keyn, 23 (0:3). Mussa Sissoko, 91+ (0:4).

«Stok Siti» — «Sautgempton» 2:1

Gollar: Mame Biram Diuf, 40 (1:0). Maya Yoshida, 77 (1:1). Piter Krauch, 85 (2:1).
Noaniq penalti: Saido Beraxino, 43 (mezbon).

«Manchester Yunayted» — «Kristal Pelas» 4:0

Gollar: Xuan Mata, 3 (1:0). Maruan Fellaini, 35 (2:0). Maruan Fellaini, 49 (3:0). Romelu Lukaku, 85 (4:0).

«Vest Hem» — «Suonsi» 1:0

Gol: Diafra Saxo, 89 (1:0).

«Vest Bromvich» — «Uotford» 2:2

Gollar: Solomon Rondon, 18 (1:0). Jonni Evans, 21 (2:0). Abdulay Dukure, 37 (2:1). Risharlison, 96+ (2:2).

«Bornmut» — «Lester» 0:0

«Chelsi» — «Manchester Siti» 0:1

Gol: Kevin de Bryuyne, 67 (0:1).

1 oktyabr, yakshanba
«Arsenal» — «Brayton»
«Everton» — «Byornli»
«Nyukasl» — «Liverpul»

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. «Siti» Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etdi, «Yunayted» esa 4 ta gol farqi bilan zafar quchdi