O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Xitoyning Chengdu shahrida bo‘lib o‘tib o‘tgan ATR tasnifidagi turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Mukofot jamg‘armasi 1 028 855 million AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnir finalida Istomin (ATR reytingida 78-o‘rin) kiprlik Markus Bagdatisga (ATR reytingida 113-o‘rin) qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuvning birinchi seti 6 geymida kiprlik sportchi jarohati sabab o‘yinni davom ettira olmadi. Bu vaqtda Istomin geymlar bo‘yicha 3:2 hisobida oldinda borayotgandi.
Turnir rasmiy sayti bergan ma’lumotga ko‘ra, Denis finalda qozongan g‘alabasi uchun 250 reyting ochkosi hamda 183 435 AQSh dollari mukofot puliga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bu Istominning ATR tasnifidagi turnirlarda qo‘lga kiritgan ikkkinchi g‘alabasi bo‘ldi. U 2015 yilda Londondagi turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi