13:02 / 02.10.2017
5 051

Nokautchi Shohjahon Amerikaga otlandi!

Nokautchi Shohjahon Amerikaga otlandi!
Professional ringda o‘nta jangning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan Shohjahon Ergashev AQShda debyut uchrashuvini o‘tkazishi lozim.

Shohjahon hozir Moskva shahrida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida bo‘lajak jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Mashhur bokschimiz SPORTS.uz axborot portali bilan bog‘lanib, faoliyatiga doir yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.

- Hozir mashg‘ulotlarni kuchaytirdik, - deydi Shohjahon. - Yaqinda Saratovda bo‘ladigan professional boks kechasida qatnashish uchun taklif olganimni aytgandim. Lekin yangilik bo‘lib qoldi. Men 12 oktyabr kuni AQShga uchib ketishim kerak.

Shohjahonning keyingi paytda rejalarini o‘zgartirib yuborgan qo‘lidagi jarohat haqida ham so‘radik.

- Jarohatdan qutildim, - deydi Shohjahon. - Hozir qo‘limda og‘riq yo‘q. Menimcha, endi bu jarohat boshqa bezovta qilmaydi.

Shu o‘rinda, Shohjahon Ergashev mamlakatimizdagi sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi "BUKA" firmasi tomonidan taqdim etilgan sport formalari unga manzur bo‘lganini aytib, ishlab chiqaruvchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nokautchi Shohjahon Amerikaga otlandi!