11:06 / 03.10.2017
6 061

Ulug‘bek jahon chempionligiga da’vogar bokschini texnik nokautga uchratdi

Ulug‘bek jahon chempionligiga da’vogar bokschini texnik nokautga uchratdi
Professional ringda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan 25 yoshli bokschimiz Ulug‘bek Haqberdiyev faoliyatidagi to‘rtinchi jangini Rossiyaning Troitsk shahrida o‘tkazdi, deb yozadi Sports.uz.

Bu yil uchta jangda zafar quchgan mahoratli bokschimizning bu galgi raqibi rossiyalik Dmitriy Suxotskiy bo‘ldi. 36 yoshli mezbon bokschi professional ringda 23 ta uchrashuvda zafar quchgan, 16 marta raqiblarini nokautga uchratgan va besh marotaba mag‘lub bo‘lgan. Dmitriy Suxotskiy uch yil muqaddam WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi kamari uchun o‘tkazilgan jangda Adonis Stivensonga imkoniyatni boy bergan edi.

Garchi Troitskiydagi uchrashuv oldidan ko‘pchilik tajriba bobida ustun bo‘lgan rossiyalik sportchining imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lsa-da, jangda buning aksi yuz berdi.

Ulug‘bek Haqberdiyev dastlabki raundayoq raqibini nokdaunga uchratdi. Qolgan raundlarda ham Dmitriy o‘ziga kelmadi. Natijada yettinchi raundga borib, uning murabbiylari uchrashuvni to‘xtatishni so‘radi.

Shu tariqa, Ulug‘bek faoliyatidagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini nishonladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek jahon chempionligiga da’vogar bokschini texnik nokautga uchratdi