23:03 / 04.10.2017
4 661

Video: Krishtianu Ronaldu videoblog qahramoniga aylandi!

Video: Krishtianu Ronaldu videoblog qahramoniga aylandi!
Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu videoblogger Sufian Tuzan blogida kun qahramoniga aylandi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Gap shundaki, Ronalldu futbol fristayleri bilan birga 1912 yildagi butsalar va o‘zining hozirdagi butsalarini solishtirib ko‘rdi.

Sufian Tuzan Ronalduga 1905 yilgi to‘p bilan konsentratsiyaga doir tryuklar o‘tkazish taklifini berdi. Lekin Ronaldu bundan roppa-rosa 112 yil ilgarigi to‘p bilan o‘z fintlarini namoyish etib bera olmadi.

Bundan tashqari, Tuzan Ronaldudan xuddi Playstation o‘yinidagi kabi gol urishni buyurdi, Krishtianu esa bu ishni zo‘rg‘a uddaladi.

Qiziqarlisi shundaki, futbol fristayleri o‘zining bir nechta shartlari bilan Ronalduni qiynalishga majbur etdi.

Shuningdek, “Oltin to‘p” sovrinining 4 karra sohibi Krishtianu Ronaldu Tuzan hamrohligida to‘p orqali fintlar bajarishda ham bahs olib bordi.

“Ming marta aygandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi” deyishganlari kabi quyida yuqoridagi so‘zlarimizning isboti — videolavhani tomosha qiling!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Video: Krishtianu Ronaldu videoblog qahramoniga aylandi!