21:23 / 06.10.2017
5 602

Tezkor xabar! “Obod” jamoasi Oliy Ligadan chetlatildi...

Tezkor xabar! “Obod” jamoasi Oliy Ligadan chetlatildi...
Toshkentning “Obod” klubi kecha, 5 oktyabr kuni O‘zPFL Ijroiya Qo‘mitasi majlisining bayonnomasiga muvofiq O‘zbekiston Oliy Ligasi ishtirokchilari safidan chetlatildi. Bu haqda O‘zPFL Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Professsional Futbol Ligasi havaskor va yarim professional futbol klublari o‘rtasidagi musobaqalar reglamentining 4-modda, 4.4 bandi, O‘zPFL Ijroiya Qo‘mitasi majlisining 5 oktyabrda bo‘lib o‘tgan majlisining bayonnomasiga muvofiq Toshkentning “Obod” futbol klubi 2017 yilgi futbol bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati ishtirokchilari safidan chetlatildi.

Shuningdek, Toshkentning “Obod” professional futbol klubi O‘zbekiston chempionatining ushbu mavsum yarmidan ortiq uchrashuvlarida ishtirok etgani bois, qolgan uchrashuvlarda texnik mag‘lubiyat (- : +), uning raqiblariga esa texnik g‘alaba (+ : -) taqdim etiladi.

“Obod” klubiga ko‘rsatilgan ogohlantirish hamda qizil kartochkalar o‘z kuchida qoladi. Shuningdek, klubning ikkinchi davra (8 ta uchrashuv)da kiritgan va o‘tkazib yuborilgan gollari bekor qilindi.

Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida Toshkentning “Obod” professional futbol klubi xodimlar va futbolchilar oldidagi mehnat shartnomalari hamda davlat soliq organlari oldidagi moliyaviy majburiyatlari o‘z kuchida qoladi.

Klub xodimlari hamda futbolchilariga esa, musobaqa Reglamentiga asosan erkin agent maqomida boshqa klublarda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot uchun, “Obod” Oliy Liganing 23-turidan keyin 9 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini egallab turgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Obod” jamoasi faoliyatini yakunlashi haqida turli hil mish-mishlar tarqalgandi, lekin so‘nggi daqiqalarda ukrainalik investorlar jamoa homiyligini o‘z bo‘ynilariga olib, jamoani moliyaviy tomondan ta’minlashlarini aytishgandi, biroq Oliy Ligada qoniqarsiz natijalar qayd etayotgan klubning kimga ham keragi bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tezkor xabar! “Obod” jamoasi Oliy Ligadan chetlatildi...