23:38 / 06.10.2017
5 156

Bugun 9 nafar bokschimiz xalqaro turnirda final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi

Bugun 9 nafar bokschimiz xalqaro turnirda final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi
Qozog‘istonning Aktau shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida qozoq boks maktabi asoschisi Shokir Bultekul xotirasiga bag‘ishlangan X xalqaro musobaqasida 10 nafar bokschimizdan 9 nafari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu turnirda 15 ga yaqin davlat – O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Mo‘g‘iliston, Qozog‘iston, Belarus, Polsha, Finlyandiya, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Rossiyadan 200 nafardan ortiq charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda. Kecha “Mangustau Arena”da bo‘lib o‘tgan chorak final janglaridan so‘ng 10 nafar bokschimizdan 9 nafari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Bugun ular final uchun kechadigan janglarda ringga ko‘tarilishadi.

7 oktyabr kuni esa turnirning hal qiluvchi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Chorak finalda bokschilarimiz quyidagi raqiblaridan ustun kelishdi.

49 kg Mironshoh Ibrohimov - Abay Eskuatov (Qozog‘iston)

56 kg Otabek Xolmatov - Nigmetolla Moldashev (Qozog‘iston)

60 kg Murodjon Axmadaliyev - Meirbolat Toitov (Qozog‘iston)

64 kg Elnur Abduraimov - Nurlixat Otepbergenov (Qozog‘iston)

69 kg Mahmud Gaipov - Ilyas Adzinayev (Belarus)

75 kg Isroil Madrimov - Rufat Huseynov (Ozarboyjon)

81 kg Madiyar Saidrahimov - Amir Nalgiyev (Qozog‘iston)

91 kg Sanjar Tursunov - Nikoloz Begadze (Gruziya)

+91 kg Bahodir Jalolov - Nurbolat Sermahanov (Qozog‘iston). Endi Bahodir yarim finalda armanistonlik David Chaloyan bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, 52 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Foziljon Abdumurodov Bakkoj Inayatullayevga (Qozog‘iston) imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan.

Bokschilarimizga omad tilaymiz.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun 9 nafar bokschimiz xalqaro turnirda final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi