12:40 / 07.10.2017
5 537

Bugun futbol. «Nasaf» – «Lokomotiv»

Bugun futbol. «Nasaf» – «Lokomotiv»
Bugun “Markaziy” stadionda katta futbol. O‘zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvida “Nasaf” va “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro bahslashadi.

Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.
Quyida bugungi uchrashuvning rasmiylari bilan tanishing.

O‘zbekiston Kubogi-2017. Yarim final javob uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent)

07.10.2017. “Markaziy” stadion. 18:00

Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent)
Qanot hakamlari: Timur Galeyev (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent)
Zaxira hakami: Isxax Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)

Dastlabki uchrashuv – 1:3.

Bu yilgi O‘zbekiston Kubogi yarim finalida mazkur jamoalar ikkinchi marta tuqnash kelishmoqda.

2015 yili ham “Nasaf” yarim finalda “Lokomotiv” bilan tuqnash kelgan va jamoamiz “temiryo‘lchilar”ni (2:0, 0:1) hisobida mag‘lub etib finalga yo‘l olgan edi.

Xabaringiz bor, ushbu jamoalar o‘rtasidagi yarim finalning dastlabki uchrashuvi 2 avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan. Unda jamoamiz 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Uchrashuvdagi gollarni Marat Bikmayev (2), Murod Bobojonov va Dragan Cheranlar kiritishgan.

Uchrashuvdagi jamoamiz tomonidan kiritilgan yagona gol bizni finalga yo‘l olishimizga ishonch bag‘ishlab turibdi.

Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun “Nasaf” bugun gol o‘tkazib yubormasdan, “Lokomotiv” jamoasi darvozasini kamida ikki marta ishg‘ol qilishi kerak. Ishonamizki, “ajdarlar” bu vazifani uddalashadi.

Bugungi uchrashuv natijasi qanday bo‘lmasin, qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘lishini bemalol taxmin qilsak bo‘ladi. Bundan albatta “Markaziy”ga tashrif buyurgan muxlislar yutishadi.

Shunday ekan qiziqarli uchrashuvni o‘tkazib yubormang. “Markaziy”ga marhamat qiling!

Manba: www.fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun futbol. «Nasaf» – «Lokomotiv»