09:50 / 08.10.2017
5 622

Amerikalik bokschi Roy Jons o‘zini "rus" deb atadi

Америкалик боксчи Рой Жонс ўзини "рус" деб атади
Rossiya fuqaroligiga ega amerikalik bokschi Roy Jons Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 65 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi va o‘zini "rus" deb atadi.

"Tug‘ilgan kuningiz bilan, Rossiya prezidenti, javob Vladimir Putin. Sizning hamyurtingiz bo‘lish va siz boshqarayotgan davlatni bilish imkoniyatini berganingiz uchun katta rahmat. Umid qilamanki, ajoyib bir kun siz nafaqat dunyodagi eng yaxshi, balki eng mashhur odamga aylanasiz. Barcha qilayotgan ishlaringiz uchun sizga rahmat. Tangri sizni panohida asrasin. Pasport uchun yana bir bor rahmat. Men – rusman", deb aytgan Jons.

Jons 4 ta vazn toifasida (72,6 kg, 76,2 kg, 79,38 kg gacha va o‘ta og‘ir vazn toifalari) jahon chempioni bo‘la olgan dunyodagi birinchi bokschi hisoblanadi. Bokschining hisobida 65 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubit bor. Bokschi Rossiya fuqaroligini 2015 yil sentyabrida olgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amerikalik bokschi Roy Jons o‘zini "rus" deb atadi